Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Ikki oʻrtada boʻlib oʻtgan muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikni boyitish, muntazam almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish, yanada dinamik iqtisodiy diplomatiyani qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
— Davlatlarimizni boy tarixiy aloqalar va xalqlarimiz oʻrtasidagi rishtalar bogʻlaydi. Hamkorligimiz uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. Katta salohiyat hali amalga oshirilmagan, — deydi Baxtiyor Saidov
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Chexiya Respublikasining Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.