Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri soʻnggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar boʻlgani munosabati bilan taʼziya izhor qildi.

“Soʻnggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar boʻlgani munosabati bilan taʼziya izhor etib, jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardligimizni bildirdik. Hamkasbim bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildik va har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini qayd etdik”, — deydi Baxtiyor Saidov.

“Barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yoʻl bilan — muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qatʼiy va izchil pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqladik”, deyiladi xabarda.