“Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga delegatsiyamiz nomidan mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Bugungi kun tartibimiz keng koʻlamli boʻlib, hamkorlikning barcha sohalarini qamrab oldi va yangi marralarni belgiladi. Asosiy maqsadimiz – munosabatlarimizni jadallashtirish, rishtalarni mustahkamlash, ikki davlat xalqlarini yanada yaqinlashtirish. Mamlakatlarimizni bir-biriga bogʻlab turuvchi mustahkam poydevor va oldinda erishish uchun katta imkoniyatlar mavjud“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
Uchrashuv davomida diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi shartnomani ham imzolandi.