Uchrashuvda joriy yilning may oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Koʻrfaz hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo“ strategik muloqoti Davlat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlikni koʻrish muhokama qilindi.
“Oʻzbekiston va Oʻmon chuqur tarixiy merosga ega boʻlib, islom sivilizatsiyasiga katta hissa qoʻshgani. Biz barcha sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash tarafdorimiz. Bugun hamkorligimizni yanada rivojlantirish va aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qancha tashabbuslar boʻyicha fikr almashdik“, — deydi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.