Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilayapti.
— Oʻzbek va qozoq xalqi bir ildizdan suv ichgan xalq, — dedi Oʻzbekiston TIV rahbari vazirlarning qoʻshma bayonotida. — Koʻhna tarix qaʼriga nazar tashlar ekansiz, xalqlarimizning har jihatdan bir-biriga koʻmakchi va ishonchli yoʻldosh boʻlib kelganiga doir misollar juda ham koʻp topiladi. Bugun esa muhtaram Prezidentlarimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Qosim-Jomart Kemelevich Toqayev boshchiliklarida Oʻzbekiston ham, Qozogʻiston ham barqaror taraqqiyot yoʻlida jadallik bilan odimlab borayotgani ikki mamlakat rivoji, ikki millat ravnaqiga xizmat qiladi.