баннер
15 Apr 2025
23:07

    Baxtiyor Saidov SHHTning Bosh kotibi bilan uchrashdi

    Shu yilning 4-mart kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda tashkilot doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, aʼzo davlatlar oʻrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    “Tashkilot tashkil topganidan buyon SHHT amaliy va pragmatik hamkorlikning muhim maydoniga aylandi. Oʻzbekiston koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning umumiy ravnaqiga hissa qoʻshishga sodiqligicha qoladi“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech