Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
— Boʻlajak parlament saylovlari xalqimiz farovonligi uchun barcha sharoitlarni yaratish yoʻlidagi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishda yana bir muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda. Barcha hamkorlarimizga samimiy va doimiy qoʻllab-quvvatlayotgani va tavsiyalari uchun minnatdorlik bildiramiz, — deydi Baxtiyor Saidov.