Toshkent viloyatida kunduzi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Navoiy viloyatining shimolida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi kuchsiz sovuq saqlanib turadi, kunduz kuni harorat 10-15o iliqgacha koʻtariladi.
22-martda Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kechasi 0-5o iliqni, kunduzi 10-15o iliqni tashkil etadi.
23-martda Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda, respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat shimolda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat 4-9o iliqgacha pasayadi.
Ushbu kunlarda respublikaning togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.