Respublikaning qolgan hududlarida kun davomida quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kuning oʻrtasiga kelib, havo 20-25° iliqqacha isiydi. Faqat kechga tomon atmosfera fronti yaqinlashishida baʼzi joylarda yomgʻir boshlanadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikada shamolning 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda esa 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
20-mart kuni havo massalarining kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Koʻpchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 10-15° iliqqacha pasayadi. Baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi.
Bayram kuni 21-martda Fargʻona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, Toshkent viloyatida esa yomgʻir faqat kechasi va ertalab yogʻishi mumkin.
22-martda respublikaning barcha hududlarida (shimoliy hududlardan tashqari) havo iliq va quruq boʻladi.
Havo harorati 21-22-martda 15-20° iliqqacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.