Jami 25ta bank orqali bayram va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun — 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olishadi. Bu boʻyicha oʻtgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi.

Shundan kelib chiqib, dam olish kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:

  1. Agro bank”;
  2. Asisa Alliance bank“;
  3. Aloqa bank“;
  4. Anor bank“;
  5. Asaka bank“;
  6. Biznesni rivojlantirish banki“;
  7. Garant bank“;
  8. Davr bank“;
  9. InFinbank“;
  10. Ipoteka bank“;
  11. Ipak Yoʻli banki“;
  12. Madad Invest bank“;
  13. MKBank“;
  14. Octobank“;
  15. Orient Finance bank“;
  16. Poytaxt bank“;
  17. Sanoatqurilishbank“;
  18. Saderat bank“;
  19. Trast bank“;
  20. Turon bank“;
  21. Universalbank“;
  22. Xalq banki“;
  23. Hayot bank“;
  24. Hamkorbank“;
  25. Oʻzmilliybank“.

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.