Viloyat turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bayram kunlari aholiyning diqqatga sazovor maskanlarga sayohatini faollashtirish maqsadida turizm sohasida 30 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari, madaniy meros obyektlari hamda turoperatorlar tomonidan imtiyozli takliflar taqdim etildi. Shuningdek, qo‘shimcha poyezd qatnovlari ham yo‘lga qo‘yildi.

Natijada Samarqandga 195 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.