Yaqinlashib kelayotgan uzoq dam olish kunlari munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati yangi yil kunlari jamoat transporti harakati jadvalini eʼlon qildi.
- 30-dekabr (shanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvaliga muvofiq ishlaydi;
- 31-dekabr (yakshanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvali boʻyicha ishlaydi;
- 1-yanvar (dushanba) dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvali boʻyicha ishlaydi;
- 2-yanvar (seshanba) – dam olish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan yakshanba jadvaliga muvofiq ishlaydi;
- 6-yanvar (shanba) ish kuni, jamoat transporti tasdiqlangan ish kuni jadvaliga muvofiq ishlaydi.