Biroq ayrim xodimlarga mazkur kunlarda navbatchilik toʻgʻri kelishi yoxud ishga chiqishga majbur boʻlishi mumkin.
Qonunchilikka koʻra, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi, deya eslatib oʻtildi Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Oʻrinbayevaning “Telegram”dagi rasmiy kanali.
Amaldagi tartibga koʻra, xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yoʻl qoʻyiladi.