Markaz xabariga koʻra, haftaning birinchi yarmida va bayram kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, oʻzgarish kutilmaydi.
Havo harorati haftaning birinchi yarmida 33-35° atrofida boʻladi. Bayram kunlari 33-37° gacha biroz issiqroq boʻladi. Kechalari va ertalabki soatlarda 13-18° atrofida boʻlgan qulay harorat kuzatiladi.