Termiz shahri jamoat transporti uchun 100 dona avtobus foydalanishga topshirildi

    Termiz shahrida jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJning Termiz filiali tashkil etildi.

    Bugun Termiz shahriga 100 dona ISUZU avtobusi olib kelinib, yangi tashkil etilgan filialga topshirildi.

    Ushbu olib kelingan avtobuslar Termiz shahrida yangidan tashkil qilingan yo‘nalishlarga biriktirilib aholiga transport xizmatini ko‘rsatishi rejalashtirilgan.