Respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalari yoshlar masalasida mahallalar bilan hamkorlik olib bormoqda.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga CHilonzor tumanidagi Bog'zor, Beshchinor, Oqtepa, Xalqlar do'stligi, CHo'ponota, Dilobod, 1-Qatortol, Nafosat, SHuhrat, Katta Qozirobod mahallalari biriktirilgan.
Ushbu mahallalarda yashovchi yoshlarni kasbga yo'naltirish, hunarmandchilik, sport, xorijiy tillar, mental arifmetika to'garaklariga jalb qilish hamda ish bilan ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilmoqda.
1 iyun` — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan universitet tomonidan “Kitob karvoni” aktsiyasi doirasida 10 ta mahalla kutubxonalariga va bolalarga 2400 dan ortiq kitob taqdim etildi.
Bayram munosabati bilan CHilonzor tumanidagi SHuhrat, Bog'zor, Oqtepa mahallalarida bolajonlar uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil qilindi.