Tafsilotlarga koʻra, 2020-yil 1-dekabr kuni Zangiota tumanida yashovchi F.Sobirova tuman IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilib, oʻzi bilan birga yashovchi qizi - 2003-yilda tugʻilgan N.Madaliyeva, 1-dekabr kuni yashash manzilidan maktabga deb chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligi haqida murojaat qilgan.
Toshkent viloyati boʻyicha olib borilgan qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida, fuqaro 2003-yilda tugʻilgan N.Madaliyeva 2021-yil 20-yanvar kuni Toshkent viloyati IIBB XTTB tezkor xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan Chirchiq shahri 8 kichik tuman hududida yurganligi aniqlangan va sogʻ-salomat oilasiga topshirilgan.