Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev hamda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyiga bordi.

Tashrif chogʻida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga mehrga muhtoj bolalar holidan xabar olindi.

Bolalar bilan suhbat chogʻida ularning orzu-istaklari tinglandi, sovgʻalar ulashilib, samimiy tilaklar bildirildi.