Pillakorlar xirmonga baraka tilab, terimga kirishdilar. Ayni vaqtda tumanda ish qizg'in, qishloq xo'jaligining serdaromad sohasi bo'lgan pillachilik rivojlanib bormoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, bir necha  kundan keyin deyarli barcha tumanlarda ommaviy ravishda “kumush tola”ni yig'ishtirib olishga kirishiladi. Umuman viloyatda bu yil bahorda jami 25 ming 980 quti ipak qurti parvarishlanib, 1429 tonna  pilla  etishtirish rejalashtirilgan.