Bekobodda oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi start oldi

    Toshkent viloyatining Bekobod shahrida erkin kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat kubogi boshlandi.

    Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 2007-2008-yillarda tavallud topgan jami 144 nafar yosh kurashchi gilamga chiqadi.

    Musobaqa bosh hakami Toʻymurod Adizovning xabar berishicha, bugun 5 ta vaznda gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi. Ayni daqiqalarda 38, 44, 52, 62 va 75 kg vazn toifalarida saralash bellashuvlari oʻtkazilyapti.