Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ohcildi

    Mamlakatimizda 5 Oktabr 2021 2568

    Muassasaning ochilish marosimida Toshkent viloyatida sport, taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar alohida eʼtirof etildi.

    Yangi ochilgan majmuada mashgʻulotlar uchun tabiiy va sunʼiy futbol maydonlari, fitnes mashgʻulotlari uchun moʻljallangan inshootlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Aytish joizki, muassasada oʻquv-mashgʻulot jarayonlari “Real Madrid” futbol klubi anʼanalariga mos ravishda olib boriladi.

    Darvoqe, marosimda afsonaviy “Real Madrid” futbol klubining sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etdi, hamda akademiyaga qabul qilingan yosh futbolchilar bilan oʻz tajribalarini oʻrtoqlashdi, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.