Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

    Energetika 5 Iyun 2023 1859

    Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00dan 18:00ga qadar vaqtincha oʻchirildi.

    Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

    Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Orasta, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq koʻchalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

    Chilonzor tumanining Bogʻiston va Lutfiy koʻchalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha oʻchirildi.

    Isteʼmolchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariyali uzilishlarni oldini olish va Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.