Dastur umurtqa pog'onasi patologiyasi natijasida kelib chiqqan nogironlik darajasini, poliklinika xizmati sharoitida yoki poliklinikalarda va bemorlarning maxsus nevrologik yordamga bo'lgan ehtiyojini avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash uchun mo'ljallangan.

Dasturning qulayligi shundaki, u shifokorning bemor haqidagi barcha ma'lumotlarni elektron yuritishi, bemorning tibbiy ahvoli haqida zudlik bilan ma'lumotga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuningdek, har bir nevrologik bemor uchun ro'yxatga olish varaqasini to'ldirish, bemorlar uchun avtomatlashtirilgan ro'yxatga olish varag'ini yuritish va anketani to'ldirgandan so'ng bemor tanasining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan nevrologik yordamga muhtojlik natijasini aniqlash imkonini beradi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.