Kecha Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi Belarus' hukumat delegasiyasi hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.
Belarus' delegasiyasi tashrifi dasturidan O‘zbekiston hukumati, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar, qo‘shma ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida qatnashish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, Toshkent va Samarqand viloyatlariga tashriflar o‘rin olgan.