Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbarining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Viktor Tumar Belarus Qurolli kuchlari ilmiy-tadqiqot institutining asosiy yutuqlari ko'rgazmasida ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat o'z texnologiyalarini yaratishga e'tibor qaratmoqda.
“Hozir biz riadioelektron kurashda, turli obyektlarni aniqlash uchun radiolokatsiya tizimlarini ishlab chiqishda yetakchilardanmiz. Bizda lazer qurollarida ham ishlanmalar mavjud. Biz bevosita yangi jismoniy tamoyillarga asoslangan qurollarga o'tmoqdamiz”, dedi u.