“Minskpromstroy” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qurilish sohasida ishchi kuchiga boʻlgan talab, mehnat migrantlari uchun yaratilgan sharoitlar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda Belarus Respublikasida qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda tanlash va ishga jalb etishga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun, 6-7-oktyabr kunlari soat 10:00 da Belarus ish beruvchilari tomonidan Namangan va Fargʻona viloyatlarida tanlov oʻtkaziladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabar orqali tanlov oʻtkaziladigan hududlar va aniq manzillar keltiriladi.