Nishon Mi-24 vertolyoti tomonidan yo'q qilingan. Ekipaj havo bo'shlig'ini nazorat qilish vaqtida jangovar dronni aniqlagani va yo'q qilgani haqida xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, o'shanda Belarus osmonida kamida uchta Rossiya droni bo'lgan.

12-iyulga o'tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaga 623 ta havo hujumi quroli: 597 ta dron va 26 ta X-101 qanotli raketalari bilan kuchli zarba berdi. Ukraina havo mudofaasi 602 ta nishonni – 319 ta uchuvchisiz uchoqlarni va 25 ta X-101 qanotli raketalarini zararsizlantirdi. Dron va raketalarning aksariyati Ukraina g'arbiga uchayotgan edi. Rossiya hujumining oqibatlari Lvov, Chernovtsi, Lutsk va boshqa shaharlarda qayd etilgan, deb xabar beradi nv.ua.