Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasida oʻtkazilgan talabalar haftaligi doirasida Navroʻz bayramiga bagʻishlab milliy taomlar tanlovi va sport musobaqalari oʻtkazildi.
Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi ushbu madaniy - sport tadbirida oʻzbekistonlik talabalarning faol ishtirok etishiga koʻmaklashdi.
Tadbirning tantanali ochilish qismida, oʻzbek diplomatlari “ijtimoiy davlat” tamoyiliga asoslangan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, boy tarixiy merosimiz va qadriyatlarimiz, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimiz toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdilar.
Bayram tadbirida soʻzga chiqqan Belarus vakillari bundan 30 yil avval oʻrnatilgan diplomatik munosabatlar, mustahkam siyosiy va iqtisodiy sheriklik tufayli bugun barcha sohalarda oʻzaro hamkorlik dinamikasi izchil oʻsib borayotganini qayd etdilar.
Mehmonlar ulashilgan oʻzbek milliy taomlari, jumladan palovning mazasi betakror ekanini taʼkidladilar.