Yurtimizning har bir goʻshasida fasli bahorning eng muazzam bayrami Navroʻzi olam hali-hanuz keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda.
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” deb nomlangan bayram sayli boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbirini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev kirish soʻzi bilan ochib berdi va barchani Navroʻz bayrami bilan tabrikladi.
Tadbir doirasida universitet boʻyicha oʻtkazilgan “Rektor kubogi“ musobaqasida gʻolib boʻlgan oʻqituvchi va talabalar qimmatbaho sovgʻalar hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bayram saylida elimiz suygan sanʼatkorlar tomonidan Navroʻzi olamni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangrab, dilbar raqslar ijro etildi.
Universitetning barcha fakultetlari tomonidan viloyatlarimizning — Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Namangan, Andijon, Jizzax, Toshkent hududlarining turli xil milliy taomlari, urf-odatlari, liboslar koʻrgazmalari oʻtkazildi.
Navroʻz taomi boʻlmish sumalak dasturxonlarga tortildi.