баннер
2 Apr 2025
06:42

    Belarusda o'tkazilgan prezidentlik saylovida Aleksandr Lukashenko g'alaba qozondi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, prezidentlik saylovlarida Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz ovoz bilan g'alaba qozondi.

    Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko matbuot anjumanida ma'lum qildi.

    2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko 80,10 foiz ovoz to'plagan edi.

    Liberal-demokratik partiyasi raisi Oleg Gaydukevich 2,02 foiz, tadbirkor Anna Kanopatskaya – 1,86 foiz, Kommunistik partiya Markaziy qo'mitasi birinchi kotibi Sergey Sirankov – 3,21 foiz, Mehnat va adolat respublika partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak – 1,74 foiz ovoz to'pladi.

    Belarus Markaziy saylov komissiyasi an'anaviy tarzda mamlakat bo'ylab barcha ovozlarni dastlabki sanab chiqish natijalariga ko'ra natijalarni e'lon qiladi. Yakuniy ma'lumotlar 3-fevral kuni e'lon qilinadi, deb xabar beradi report.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech