Poyezd tarkibida yog‘ochni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar tashilmoqda. Yuklarning bir qismi O‘zbekiston hududi orqali tranzit tarzda Qirg‘iziston va Tojikistonga yetkaziladi.

Poyezd qariyb 4 000 kilometr uzunlikdagi yo‘nalishni atigi 7 sutkada bosib o‘tib, Belarus va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eksport-import yuklarining tezkor va samarali yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Ikkinchi poyezdning jo‘natilishi yangi transport-logistika xizmatiga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi hamda O‘zbekiston hududi orqali o‘tuvchi mazkur yo‘nalishning samaradorligini tasdiqlaydi.