Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillari Belarus Respublikasining poytaxti Minsk shahrida 18-21-aprel kunlari boʻlib oʻtayotgan kinolog-mutaxassislarning xizmat koʻpkurashi boʻyicha xalqaro musobaqasida oʻz xizmat itlari bilan qatnashmoqda.

Bugun ushbu musobaqalarning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda IIV Qoʻriqlash departamenti boshligʻi general-mayor A.S.Shepelev soʻzga chiqib musobaqa ishtirokchilariga omad va zafarlar tiladi.

Ayni daqiqalarda xodimlar oʻzlarining maxsus itlari bilan birgalikda birinchi bosqichdan oʻtmoqdalar.

Shartlarda xodimlar va ularning xizmat itlarining harakatchanligi, murakkab sharoitlarda qaror qabul qilish va tezkor qoʻzgʻalishlari sinovdan oʻtkazilmoqda.

Taʼkidlash joizki qoʻrqoq va nazoratsiz itlar uchun ushbu shartlardan oʻtish deyarli mumkin emas.

"Gulichehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston» muxbiri