Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati avj pallada

    11 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi 3-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g'il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

    O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur chempionat bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etmoqda.

    Chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarda 11 vazn toifasida o'zaro kuch sinashayotgan bo'lsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik uchun kurash olib boradi.

    Reglamentga ko'ra, musobaqaning birinchi kunida o'g'il bolalar belbog'li kurash yo'nalishida 27, 30, 33, 36, 40, 44, 48, 52, 55, 60, +60 kg. vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishida 33, 36, 40, 44, 48, 52, +52 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun kurash tushdi.

    O'zbekiston chempionati bellashuvlari 13 dekabrga qadar davom etadi.

    Ilhom Rahmonov tayyorladi