Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 ga yaqin yosh polvonlar gʻoliblik uchun kurashdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mamlakat kubogida oʻgʻil bolalar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishida 11 vazn toifasida, qizlar esa erkin yoʻnalishda 7 vazn toifasida gʻoliblik uchun bellashdi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, quyidagi polvonlar oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni tantana qilishdi.

Klassik yoʻnalish. Oʻgʻil bolalar

42 kg. – Oybek Sodiqov (Fargʻona)

46 kg. – Bunyod Rasulov (Fargʻona)

50 kg. – Hayotbek Kamoliddinov (Fargʻona)

55 kg. – Jamoliddin Neʼmatullayev (Namangan)

60 kg. – Ismoil Umrzoqov (Namangan)

65 kg. – Fayozbek Abdugʻafforov (Fargʻona)

71 kg. – Hasanboy Toʻxtasinov (Andijon)

77 kg. – Bekzod Kamoliddinov (Andijon)

83 kg. - Murodjon Sobirjonov (Namangan)

90 kg. – Oybek Muhammedov (Fargʻona)

+ 90 kg. – Bahodir Mehmonov (Fargʻona)

Erkin yoʻnalish. Qizlar

44 kg. – Moldir Alimbayeva (Qoraqalpogʻiston)

48 kg. – Zulayxo Abdujabborova (Namangan)

52 kg. – Yulduz Abdullayeva (Sirdaryo)

57 kg. – Yasmina Sodiqova (Namangan)

63 kg. – Qizlarxon Husanova (Namangan)

70 kg. – Lazzat Tolipbergenova (Qoraqalpogʻiston)

+ 70 kg. – Oʻgʻiloy Salimova (Fargʻona)

Oʻgʻil bolalar. Erkin yoʻnalish.

42 kg. – Quvonch Ermuhammedov (Namangan)

46 kg. – Amirxon Abduqahhorov (Toshkent v.)

50 kg. – Shahzod Usmonov (Toshkent v.)

55 kg. – Shohjahon Mamatkarimov (Fargʻona)

60 kg. – Nodirbek Turgʻunpoʻlatov (Namangan)

65 kg. – Hasanboy Abdusobirov (Fargʻona)

71 kg. – Jahongir Nizomiddinov (Namangan)

77 kg. - Ahmadali Soliyev (Andijon)

83 kg. – Inomjon Yangiboyev (Fargʻona)

90 kg. – Bobur Madaminov (Fargʻona)

+ 90 – Toshpoʻlat Asadov (Buxoro).

Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bugun Bogʻdod tumanidagi BOʻSM stadionida belbogʻli kurash boʻyicha Bogʻdod tumani hokimi sovrini uchun kattalar oʻrtasida 60, 70, 80, 90, +90 kg. vazn toifalari boʻyicha ochiq turnir tashkil etiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi