Belbog‘li kurash: Nukusda O‘zbekiston chempionati yakunlandi

    Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11-12-dekabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahridagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

    Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etdi. Chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarda 11 vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 vaznda g'oliblik uchun kurashdi.

    Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi yosh polvonlar g'olib bo'ldi:

    O'g'il bolalar. Belbog'li kurash yo'nalishi.

    Zaynobiddin Sobirov (Namangan vil., 27 kg.), Shoxruh Jo'rayev (Andijon vil., 30 kg.), Abdumajid Husanboyev (Andijon vil., 33 kg.), Azizbek Orifjonov (Farg'ona vil., 36 kg.), Ramziddin Abdulhamidov (Andijon vil., 40 kg.), Arsen Alirizayev (Toshkent vil., 44 kg.), Ahliddin Mamatkarimov (Andijon vil., 48 kg.), Saidislom Saydjalolov (Farg'ona vil., 52 kg.), Muhriddin Umarov (Farg'ona vil., 55 kg.), Bayishbek Mamataliyev (Andijon vil., 60 kg.), Iqboljon Ro'ziboyev (Andijon vil., +60 kg.).

    Qizlar. Erkin yo'nalish.

    Jasmina Ma'murjonova (Farg'ona vil., 33 kg.), Shabbona Nasriddinova (Navoiy vil., 36 kg.), Bahora Berdimurodova (Navoiy vil., 40 kg.), Aneliya Turdibayeva (Qoraqalpog'iston, 44 kg.), Janat Boranbay (Qoraqalpog'iston, 48 kg.), Shodiyona To'ychiboyeva (Namangan vil., 52 kg.), Dilnuraxon Ahmadjonova (Farg'ona vil., + 52 kg.).

    O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish.

    Sanjarbek Hoshimjonov (Farg'ona vil., 27 kg.), Jasurbek Botirov (Andijon vil., 30 kg.), Muhriddin Quvvatov (Samarqand vil., 33 kg.), Erlan Qallibekov (Qoraqalpog'iston, 36 kg.), Ilhomjon Otajonov (Farg'ona vil., 40 kg.), Ulug'bek Rahmonaliyev (Farg'ona vil., 44 kg.), Muhibulloh Sadirdinov (Andijon vil., 48 kg.), Akromjon Hikmatov (Buxoro vil., 52 kg.), Alisher To'xtasinov (Namangan vil., 55 kg.), Shoxruh Mahmudjonov (Farg'ona vil., 60 kg.), Asadbek Eminjonov (Navoiy vil., + 60 kg.).

    Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

    — Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasiga, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasiga, umuman barcha hamkor tashkilotlarga musobaqani yuqori saviyada o'tgani uchun minnatdorlik bildiramiz, — deydi olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus shahar oliy mahorat maktabining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi Bokenbay Saduakasov. — Terma jamoamiz kuchli polvonlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'ldi. Yakunlanayotgan yilda shogirdlarimiz jahon chempionatlarida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdi. Maqsadimiz, keyingi yilda ham xalqaro musobaqalarda sovrinlarni qo'lga kiritish.

    Ilhom Rahmonov tayyorladi.