Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 300 dan ortiq yosh polvon g'oliblik uchun kurash tushmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Yozyovon tumani hokimi o'rinbosari Mirzohid Hotamov, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi o'rinbosari A'zamjon Shokirjonov, federatsiya kengashi a'zosi Ne'matullo To'ychiyev, Farg'ona viloyat belbog'li kurash federatsiyasi ijrochi direktori Miranshoh Ro'ziyev, tuman BO'SM direktori Muzaffar Karimov va boshqalar ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida 11 vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishda 7 vazn toifasida g'oliblik uchun bellashadi.

Musobaqa 26-iyunga qadar davom etadi.

Ilhom Rahmon