Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi xabariga koʻra, unda Vatanimiz sharafini himoya qilgan olti nafar jizzaxlik, bir nafar xorazmlik polvonlardan iborat terma jamoamiz aʼzolari 5 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
20 ga yaqin davlatlarning yosh kurashchilari qatnashgan bellashuvlarda isteʼdodli sportchilarimizdan Asadbek Mamataliyev (60), Azimjon Akbarov (70), Sardor Jumaboyev (75), Jahongir Jumaboyev (90), Marat Shaxmayev (100) oʻz vaznlarida kumush medallarga sazovor boʻldi. Shuningdek, Muhammadrasul Muhammadjonov (65) va Ziyodulla Valijonov (80)ga bronza medallari nasib etdi.
Chempionat bahslarini boshqarib borishda hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam Bekbergan Boltayev ishtirok etdi.
Jahon chempionati doirasida ot ustida va qumda kurash boʻyicha ham bellashuvlar tashkil etildi.