Kecha futbol boʻyicha Yevropa Millatlar ligasining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda Belgiya milliy termasi polshaliklarni 6:1 hisobida yengdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Polsha milliy termasi rasmiy oʻyinlarda hech qachon oʻz darvozasidan birdaniga oltita toʻp oʻtkazib yubormagan.

Uels oʻz maydonida niderlandlarga 1:2, Irlandiya oʻz maydonida Ukrainaga 0:1 hisobida yutqazdi. Shotlandiya oʻz uyida Armaniston termasi darvozasiga ikkita javobsiz toʻp kirtdi.

Bugun Millatlar ligasida boʻlib oʻtadigan navbatdagi tur oʻyinlarida Portugaliya – Chexiya, Shveysariya – Ispaniya, Norvegiya – Sloveniya, Shvetsiya – Serbiya, Gibraltar – Bolgariya, Gretsiya – Kipr, Kosovo – Shimoliy Irlandiya, Shimoliy Makedoniya – Gruziya va Malta – Estoniya termalari oʻzaro kuch sinashadi.