Jonson kosmik markazi muhandislari va olimlari nihoyat qimmatbaho "kosmik konteynerni" ni ochishdi. Jami konteynerga 35 ta maxsus qulf o'rnatilgan bo'lib, ulardan ikkitasi ochilmay qolgan.
Mutaxassislar namunalarning shikastlanishi yoki ifloslanish xavfini minimallashtirish maqsadida idishni ochish uchun bir nechta maxsus vositalarni ishlab chiqishlari kerak edi.
Va nihoyat, konteyner 3,5 oy deganda ochildi. Mutaxassislar endi namunalarni qo'shimcha tahlil qilish va ularning umumiy massasini aniqlashda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. O‘tgan yilgi Bennu asteroidining tuprog‘ini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, tuproq tarkibida juda ko‘p suv bor. Bu esa asteroidlar tufayli Yerda suv paydo bo'lishi haqidagi nazariyani tasdiqlamoqda.