Mazkur yigʻilishda soʻzga chiqqanlar bugun mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yoʻlidagi ezgu va ulugʻvor gʻoyani amalga oshirish uchun yurtimizdagi olimlar va tadqiqotchilarga, yosh avlodga keng imkoniyatlar yaratilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun eng avvalo, buyuk allomalarimizning ilmiy asarlarini mukammal oʻrganish, ular asosida yangi gʻoyalarni ilgari surish, bu yoʻlda, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Al-Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Ali Ibn Sino kabi allomalarni ilmiy asarlarini chuqur oʻrganish zarur.
Bugun Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini chuqur oʻrganish borasida dunyoning bir qator davlatlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda allomaning 1050-yillik yubileyini Tojikiston, Eron, Ozarbayjon, Pokiston kabi mamlakatlarda keng nishonlash maqsadida katta tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Yurtimizda ham jahon miqyosidagi oʻtkaziladigan mazkur tadbirga keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Yigʻilishda Abu Rayhon Beruniyning 1050-yillik tavvallud ayyomini keng nishonlash maqsadida tadbirida qatnashgan konferensiya ishtirokchilarining bildirgan takliflar asosida “Uchinchi Renessans poydevorini qurishda Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi. Allomaning 1050-yillik yubileyi arafasida “Abu Rayhon Beruniy faoliyati suratlarda” nomli suratlar koʻrgazmasi hamda rassomlar tanlovi oʻtkazish, Abu Rayhon Beruniy faoliyati aks etgan albom tayyorlash, olimning 1050-yillik yubileyi munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadasini Xorazm viloyatida oʻtkazish, Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari, Urganch davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan Beruniy ilmiy faoliyati bilan bogʻliq olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalalari maʼqullandi.
Mansur Musayev,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi
Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʻlim boshligʻi,
siyosiy fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)