Xususan 20 ta yangi uy-joylarda 658 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Tumanda 2024-yilda 8 ta, 5 va 7 qavatli 301 ta xonadonga moʻljallangan uy-joylar qurilib, oʻz egalariga topshirilgan edi. 2025-yilda esa 406 ta xonadonga moʻljallangan 13 ta 5 va 7 qavatli uylar qurib bitkazildi. Taʼkidlash joizki 7 qavatdan iborat turar joylar energiya tejovchi qurilish ashyolari, lift va aqlli isitgich qozonxonalar bilan jihozlangan. Bu esa uy-joylarda yashovchi aholi uchun koʻplab qulayliklar va xavfsiz muhitni yaratmoqda.
2026-yilda ham bu ishlarni davom ettirish reja qilingan. Aytib oʻtish joizki, 20 ta uy-joy qurilishi natijasida 310 mlrd soʻmlik ishlar amalga oshiriladi. Savdo va xizmat koʻrsatish orqali 158 ta, qurilish ishlarida esa 750 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. 80 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil qilinadi.
Bundan tashqari Beruniy tumani markazida joylashgan 196 xonadonli 16 ta koʻp qavatli uy-joylarda renovatsiya ishlari olib boriladi. Amir Temur, Markaziy va Xorazm mahallalari hududlarida joylashgan koʻp qavatli uylarda renovatsiyadan keyin zamonaviy tipdagi uy-joylar qad koʻtarishi rejalashtirilgan. Ixcham va barcha zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan uy-joylarga bugun aholi tomonidan talab katta. Shu sababli uy-joylarning qurilishida sifatli qurilish materiallari ishlatilishi boʻyicha doimiy monitoring oʻrnatilgan.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.