Beruniyning 1050 yilligi keng nishonlanadi

    Buyuk ajdodlarimizdan biriga ko'rsatilayotgan bunday e'tibor albatta o'zini o'zbekman degan har bir insonni faxru g'ururga to'ldiradi.

    O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, 2022-2023-yillarda buyuk ajdodimiz – yirik olim va faylasuf Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo'yicha maxsus tashkiloti) ishtirokida nishonlanadi.

    Ta'kidlash joizki, ushbu taklif O'zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan Tojikiston, eron va Turkiya davlatlari yordamida ishlab chiqilgan edi. Ushbu masala endi joriy yilning noyabrida Fransiyaning Parij shahrida bo'lib o'tadigan UNESCO Bosh anjumani 41-yig'ilishida tasdiqlash uchun kiritiladi.

    “Mamlakatimizning UNESCO bilan kengayib borayotgan hamkorligidagi yana bir muhim qadami bilan hammani chin qalbimdan tabriklayman”, — deydi Aziz Abduhakimov.