Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi .
Maʼlum qilinishicha, 25 maydan 3 iyungacha davom etayotgan tadbir doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar rivojlantirish agentligi huzurida respublika ishchi shtabi tashkil etilgan.
Tozalik ishlari davomida mahallalar va aholi yashash hududlarini ozoda saqlash, ayniqsa bayram kunlari chiqindilar toʻplanib qolishining oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Dastlabki besh kun ichida:
- 14 494 ta mahalla fuqarolar yigʻini hududi tozalandi;
- jarayonlarga 33 024 nafar xodim jalb qilindi;
- 12 484 ta maxsus texnika safarbar etildi;
- hududlardan 70 925 tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqilib, belgilangan tartibda bartaraf etildi.
Taʼkidlanishicha, bu kabi tozalik tadbirlari aholi yashash muhitini yanada ozoda saqlash, atrof-muhit muhofazasi va hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.