Besh yoshli qizning o‘limi bilan bog‘liq holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda, “Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lganlar qonun olidida javob berishi kerakligi” xususida tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi. 

    Unda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan 30.12.2022 yilda Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan “Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Dastlabki tergov harakatlari Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.