Beshariq tumanida Savdo-logistika markaziga tamal toshi qoʻyildi

    Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-oʻtkazish punkti yonidagi maydonda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasiga bogʻliq Savdo-logistika markaziga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda viloyat hokimi, viloyat sektorlari rahbarlari, Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda hamda Soʻgʻd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi tojikistonlik mehmonlar ishtirok etdilar.

    Mazkur Savdo-logistika markazi 5 gektar maydonda joylashishi koʻzda tutilgan boʻlib, loyiha qurilishiga 7,8 million dollar miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Majmuada 200 ta savdo doʻkonlari, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar xizmat koʻrsatishi belgilangan.