Beshariqda yana kontrafakt darsliklar aniqlandi

    34 nomdagi kontrafakt kitob nusxalari sotilayotganligi va ushbu kitoblar davlat standartiga umuman javob bermasligi aniqlandi.

    Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat kelib tushdi. Arizada Fargʻona viloyatida joylashgan “I.B.R.” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan jami 34 nomdagi kontrafakt kitob nusxalari savdo doʻkonida sotilayotganligi, mualliflik huquqi buzilayotganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrish soʻralgan.

    Oʻrganishlar davomida ochiqlanishicha, Beshariq tumanida joylashgan “I.B.R.” tadbirkorlik subyektiga qarashli savdo doʻkonida 9-10-11-sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan Algebra, Fizika, 5-9-sinflar uchun ona tili, kimyo, adabiyot (5-6-7-8-9-10-sinf), Oʻzbekiston tarixi (7-8-9-10-sinf), darsliklari, “New Round-Up“, ”New Round-Up" 3,4,5,6,7 kabi jami 34 nomdagi kontrafakt kitob nusxalari sotilayotganligi va ushbu kitoblar davlat standartiga umuman javob bermasligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan Fargʻona viloyatida joylashgan “I.B.R.” MCHJ rahbari “H.D.” ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda xal etish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi.

    Sud tomonidan jamiyat rahbari “I.B.R.” Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasiga asosan huquqbuzar deb topilib unga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.