Bemor qurilish obyektining 5-qavatidan yiqilib tushgani sababli jarohat olgani aniqlangan. U zudlik bilan shok zaliga yotqizilib, markaz mutaxassislari tomonidan bosh miya, boʻyin, koʻkrak va bel umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻi aʼzolarida MSKT tekshiruvi hamda qorin boʻshligʻi, koʻkrak qafasida ultratovush tekshiruvlari oʻtkazilib, bemorga tashxis qoʻyilgan.

— Tegishli mutaxassislar tekshiruvidan soʻng qoʻyilgan tashxis asosida bemorda zudlik bilan bir necha jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi, — deydi markaz direktori Doniyor Alimov. — Dekompressiv lyaminektomiya, ayrim umurtqalarni reklinatsiya va stabilizatsiya qilish orqali umurtqa pogʻonasiga transpedikulyar sistema oʻrnatish kabi operatsiyalar shular jumlasidan. Yuqori saviyada oʻtgan amaliyotlar natijasida bemorning hayoti saqlab qolindi.

Operatsiyadan keyin koʻkrak va bel sohasi MSKT qilinganda, hech qanday xafv aniqlanmagan. Oʻtkazilgan jarroxlik amalyotlari va davo choralari natijasida oʻsmir yigitchaning umumiy ahvoli yaxshilandi. Hozirda uning gemodinamik koʻrsatkichlari barqarorlashib, kundan kunga ijobiy oʻzgarishlar qayd etilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.