Uchtepa tuman hokimining o'rinbosari Aziz Naimovning ma'lum qilishicha:
Haqiqatdan ham Uchtepa tumani "Beshkayrog'och" ko'chasida olib borilayotgan kollektor kurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar "SHafoat" ma'suliyati cheklangan jamiyat xodimlari ishlayotgan bo'lgan. Ammo, tuproq ko'chishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko'z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Ayni damda, tuman Ichki ishlar bo'limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik axborotida.