баннер
15 Mar 2025
08:39

    Bezgakka qarshi samarali dori ishlab chiqildi

    AQSH Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti (NIAID) olimlari bezgakning oldini olishning yangi samarali usulini ishlab chiqdi.

    Buning uchun ular monoklonal antitanachalarga asoslangan vaksina ishlab chiqishdi. Tadqiqot natijalari The New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan.

    Bezgakga qarshi mavjud dorilar himoya va samaradorlik nuqtayi nazaridan samarasi ancha cheklangan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan RTS,S (Mosquirix) deb nomlangan yagona vaksina 5 oydan 17 oygacha boʻlgan bolalarga 20 oy davomida toʻrt dozada berilsa, hayotning dastlabki yillarida qisman himoya qiladi.

    Yangi preparatning klinik sinovlari Malida ikki bosqichda oʻtkazildi, unda preparatning xavfsizligi va samaradorligi baholandi. Oldingi tajribalar shuni koʻrsatdiki, CIS43LS monoklonal antitanacha P. falciparum bezgak qoʻzgʻatuvchisini jigar hujayralariga yetib borishidan oldin teri va qonda zararsizlantiradi. Preparat bezgakka qarshi vaksina olgan koʻngillining qonidan ushbu antitanachaning tabiiy shaklidan ishlab chiqilgan, keyin olimlar organizmda uzoqroq muddatga taʼsir qilishi uchun antitanachani modifikatsiya qilishdi.

    Birinchi bosqich emlashning xavfsizligini koʻrsatdi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan 369 nafar sogʻlom yoshi katta odamlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 24 hafta davomida kuzatildi. Emlashning samaradorligi ikki usul asosida baholandi: birinchisida yuqori, ikkinchisida kam doza yuborildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, birinchi variantda preparatning samaradorligi 88,2 foizga, ikkinchisida esa 75 foizga yetdi.

    Tadqiqotchilar, shuningdek, L9LS deb nomlangan begakka qarshi ikkinchi monoklonal antitanachani ishlab chiqishdi. Bu CIS43LS ga qaraganda ancha kuchli, shuning uchun uni tomir ichiga emas, balki inyeksiya sifatida teri ostiga kamroq dozada yuborish mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech