Qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasining madaniyat masalalari bo'yicha bosh direktori Lui Monreal, jamg'armaning madaniyat masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari She'roz Allibxay, Og'a Xon jamg'armasining Afg'onistondagi madaniyat bo'yicha Bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdik, deb yozmoqda Saida Mirziyoeva.
⠀
Qayd etilishicha, suhbatning asosiy mavzusi — Og'a Xon jamg'armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo'yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo'lgan.
⠀
Og'a Xon jamg'armasining madaniy meros ob'ektlarini asrab-avaylash bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O'zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo'yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
⠀
Mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakatimiz va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga etkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir, deb xabar qoldirgan Saida Mirziyoeva.
Bibixonim va Kalon majmuasining restavratsiyasi bo'yicha muzokara olib borilmoqda
Saida Mirziyoeva qarorgohi Jenevada joylashgan Og'a Xon jamg'armasi rahbariyati bilan uchrashdi.
«Dok-1 Maks»dan jabrlangan bolalarning oilalariga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Toşkentda «Bilim Toşkent» ilm-fan va texnologiyalar markazi oçildi
- Özbekistonda noyabr oyi nisbatan iliq boşlanadi, keyin harorat pasayadi
- Nurota toğ tizmasi hududida yangi arxeologik yodgorliklar aniqlandi
- 1-noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi? Pensiya, gaz, reklama va tadbirkorlikka oid yangi qoidalar
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Misrga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar belgilandi